Agrobank korporativ akseleratorining ilk mavsumiga start berildi
“Agrobank” ATB va AgroVentures AI Station hamkorligida 21–23-noyabr kunlari Jizzax va Samarqand viloyatlarida korporativ akselerator dasturining birinçi mavsumiga bağişlangan Kick-off haftaligi taşkil etildi.
Dasturda 300 dan ortiq ariza orasidan saralab olingan 20 ta startap jamoasi iştirok etmoqda. Loyiha innovatsion ğoyalarni amaliy biznes yeçimlariga aylantiriş, startaplarni rivojlantiriş hamda ularning istiqbolli işlanmalarini real biznes muhitida sinovdan ötkazişga qaratilgan.
12 haftaga möljallangan akseleratsiya dasturi doirasida iştirokçilar xalqaro mentorlar va tajribali trekerlar kömagidan foydalanadi. Şuningdek, Agrobank va uning ekotizimidagi kompaniyalar bilan pilot loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatiga ega böladi.
Dastur iştirokçilari uçun AgroVentures tomonidan 500 ming AQŞ dollarigaça investitsiya jalb qiliş imkoniyati ham nazarda tutilgan.
Akselerator startaplarning innovatsion salohiyatini rivojlantiriş, ularni amaliy biznes jarayonlariga integratsiya qiliş hamda yangi texnologik yeçimlarni qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.