Agrobank kömagida fermer xöjaliklarida tejamkor texnologiyalar joriy etilmoqda
Paxta yetiştiriş Özbekistonda uzoq yillar katta suv sarfi bilan amalga oşirilgan, hosildorlik esa bugungi darajada bölmagan.
Taqqoslaş uçun, 2000-yildan keyin mamlakatda 1,5 mln gektarga yaqin maydondan eng köpi bilan 4 mln tonna paxta hosili olingan.
2026-yilga kelib maydonlar qisqarib, 889,5 ming gektarda 5 mln tonnadan ortiq hosil yetiştirildi. Bu tarixiy rekord körsatkiç böldi.
Yangi Özbekistonda paxta yetiştirişga yondaşuv ham özgardi. Serhosil navlar, zamonaviy texnika va suv tejovçi texnologiyalarni qöllaş kengaydi.
Agrobank ham fermer xöjaliklarining bu yönalişdagi loyihalarini moliyaviy qöllab-quvvatlamoqda. 2019-yildan 2026-yil 1-noyabrigacha bank suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş uçun 9,89 trln söm kredit ajratgan.
Hisob-kitoblarga köra, bu davrda moliyalaştirilgan loyihalar orqali 3,2 mlrd kub metr suv tejalgan. Bu Çorvoq suv omborini 1,6 marta töldirişga yetadi.
Agrobank suv nasoslaridan quyoş panellari yordamida foydalaniş loyihalarini ham moliyalaştirmoqda.
2026-yil 1-noyabr holatiga köra, 3 574 ta fermer xöjaligidagi 5 722 ta nasos uçun quyoş panellarini örnatişga 1 trln sömdan ortiq mablağ ajratilgan.
Bank hisob-kitoblariga köra, mazkur loyihalar yiliga 420 mln kVt·soatdan oşiq elektr energiyasini tejaş imkonini beradi. Bu Qarşi şahrining qariyb 1 yillik energiya sarfiga teng.
Suv tejovçi tizimlar suğorişdagi ortiqça sarfni kamaytirsa, quyoş panellari suv nasoslarining elektr tarmoğiga ehtiyojini qisqartiradi.
Agrobank moliyalaştiriş orqali fermerlarga yangi texnologiyalarni xarid qiliş va dalada qöllaşga yordam bermoqda.