“Agrobank” ATB xavfsizlik va kirishni nazorat qilish tizimlarini joriy etish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi
“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Bosh ofisiga tutash besh qavatli binoning 1-qavatida biometrik turniketlar, 2–5-qavatlarida IP-videokuzatuv hamda kirishni nazorat qilish va boshqarish (SKUD) tizimlarini joriy etish maqsadida qurilmalarni yetkazib berish, o‘rnatish, sozlash va mavjud markaziy boshqaruv platformasi bilan integratsiya qilish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi.
Loyiha doirasida 100 ta biometrik SKUD terminali (elektromagnit qulf, chiqish tugmasi va quvvat manbai bilan), 180 ta IP-kamera hamda 10 ta turniket modulini yetkazib berish, montaj qilish, litsenziyalash va ishga tushirish nazarda tutilgan.
Shu munosabat bilan, tegishli tashkilotlardan ilova qilinayotgan texnik topshiriq bilan tanishib chiqib, o‘z tijorat takliflarini headoffice@agrobank.uz hamda security@agrobank.uz elektron manzillariga yuborishlarini so‘raymiz.
Tijorat takliflari 2026-yil 3-dekabr soat 17:00ga qadar qabul qilinadi.
Texnik topshiriq ilova qilinadi.
Ushbu e’lon axborot tusiga ega bo‘lib, shartnoma tuzish uchun asos hisoblanmaydi.