“Agrobank” ATB sessiyaviy antifrod tizimi litsenziyasini xarid qilish bo‘yicha takliflarni qabul qiladi
“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki masofaviy xizmat ko‘rsatish kanallarida firibgarlik operatsiyalarini aniqlash va oldini olish maqsadida Group-IB Fraud Protection (sessiyaviy antifrod) tizimining bir yillik litsenziyasini xarid qilish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi.
Shu munosabat bilan, ishlab chiqaruvchining vakolatli hamkori maqomiga hamda tegishli tajriba va imkoniyatlarga ega tashkilotlardan texnik topshiriq bilan tanishib, o‘z tijorat takliflarini headoffice@agrobank.uz hamda security@agrobank.uz elektron manzillariga yuborishlarini so‘raymiz.
Tijorat takliflari 2026-yil 13-noyabr soat 17:00ga qadar qabul qilinadi.
Texnik topshiriq ilova qilinadi.
Ushbu e’lon axborot tusiga ega bo‘lib, shartnoma tuzish uchun asos hisoblanmaydi.