“Agrobank” ATB obyektlari infratuzilmasini ekspluatatsiya qilish xizmatlarini xarid qilish bo‘yicha takliflarni qabul qiladi
“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki obyektlaridan foydalanish sifatini oshirish, muhandislik tizimlari ishini monitoring qilish hamda autsorsing xizmatlari bajarilishini nazorat qilish maqsadida bank obyektlari infratuzilmasini ekspluatatsiya qilish va boshqarish xizmatlarini xarid qilish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi.
Shu munosabat bilan, tegishli tashkilotlardan texnik topshiriq bilan tanishib, o‘z tijorat takliflarini headoffice@agrobank.uz hamda azat.shiriev@agrobank.uz elektron manzillariga yuborishlarini so‘raymiz.
Tijorat takliflari 2026-yil 25-noyabr soat 17:00ga qadar qabul qilinadi.
Texnik topshiriq ilova qilinadi.
Ushbu e’lon axborot tusiga ega bo‘lib, shartnoma tuzish uchun asos hisoblanmaydi.