“Agrobank” ATB kontragentlarni tekshirish axborot tizimidan foydalanish huquqini xarid qilish bo‘yicha takliflarni qabul qiladi
“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki kontragentlarni tekshirishning yagona, avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish maqsadida kontragentlarni tekshirish axborot tizimidan (xizmatidan) foydalanish huquqini berish, uni bankning ichki axborot tizimlari bilan integratsiya qilish va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini xarid qilish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi.
Shu munosabat bilan, tegishli tashkilotlardan texnik topshiriq bilan tanishib, o‘z tijorat takliflarini headoffice@agrobank.uz hamda javlonbek.miralimov@agrobank.uz elektron manzillariga yuborishlarini so‘raymiz.
Tijorat takliflari 2026-yil 20-noyabr soat 17:00ga qadar qabul qilinadi.
Texnik topshiriq ilova qilinadi.
Ushbu e’lon axborot tusiga ega bo‘lib, shartnoma tuzish uchun asos hisoblanmaydi.