“Agrobank” ATB DLP tizimidan foydalanish huquqlarini xarid qilish, joriy etish va sozlash bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi

Eʼlonlar ·

“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki bank infratuzilmasida axborot xavfsizligini ta’minlash, konfidensial ma’lumotlarning sizib chiqishining oldini olish, xodimlar faoliyatini monitoring qilish hamda axborot xavfsizligi hodisalarini aniqlash va boshqarish maqsadida DLP (Data Loss Prevention) tizimidan foydalanish huquqlarini xarid qilish, joriy etish va sozlash bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi.


Shu munosabat bilan, tegishli tashkilotlardan ilova qilinayotgan texnik topshiriq bilan tanishib chiqib, o‘z tijorat takliflarini headoffice@agrobank.uz hamda security@agrobank.uz elektron manzillariga yuborishlarini so‘raymiz.


Tijorat takliflari 2026-yil 30-noyabr soat 17:00ga qadar qabul qilinadi.


Texnik topshiriq ilova qilinadi.

Ushbu e’lon axborot tusiga ega bo‘lib, shartnoma tuzish uchun asos hisoblanmaydi.