“Agrobank” ATB “Blackbox” yondashuvi asosida Red Teaming xizmatini xarid qilish bo‘yicha takliflarni qabul qiladi

Eʼlonlar ·

“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki axborot tizimlari va xavfsizlik jarayonlarining maqsadli kiberhujumlarga bardoshliligini amaliy baholash maqsadida “Blackbox” (qora quti) yondashuvi asosida Red Teaming xizmatini xarid qilish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi.


Shu munosabat bilan, tegishli tajriba, malakali mutaxassislar va imkoniyatlarga ega tashkilotlardan texnik topshiriq bilan tanishib, o‘z tijorat takliflarini headoffice@agrobank.uz hamda security@agrobank.uz elektron manzillariga yuborishlarini so‘raymiz.


Tijorat takliflari 2026-yil 20-noyabr soat 17:00ga qadar qabul qilinadi.


Texnik topshiriq ilova qilinadi.

Ushbu e’lon axborot tusiga ega bo‘lib, shartnoma tuzish uchun asos hisoblanmaydi.