5 million tonnadan ziyod paxta hosili — tarixiy natija, xalqimizning ulkan yutug‘i!
2026-yilda O‘zbekiston paxtakorlari 5 million tonnadan ziyod hosil yetishtirib, mamlakatimiz tarixida rekord natijaga erishdi!
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu ulkan yutuq munosabati bilan dehqon va fermerlar, klasterlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini samimiy tabriklaydi.
Agrobank ham mazkur tarixiy natijaga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Bank tomonidan 2026-yilgi paxta hosilini yetishtirishda fermer va tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Agrobankning 2026-yilgi paxtachilik mavsumidagi hissasi:
Respublika bo‘yicha 889,5 ming gektar paxta maydonining 743 ming gektari Agrobank mijozlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
22 452 ta paxta yetishtiruvchi xo‘jalik subyektiga 10 trln so‘mdan ziyod moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi.
140 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun 1,4 trln so‘m moliyalashtirildi.
1000 dan ziyod paxta terish mashinalari va 2000 dan ortiq qishloq xo'jaligi texnikalari va agregatlari uchun 4 trln so'm mablag' yo'naltirildi.
Bu natijalar zamirida, eng avvalo, dehqon va fermerlarimizning fidokorona mehnati, zamonaviy yondashuvlar va mustahkam hamkorlik mujassam.
Agrobank jamoasi xalqimizni tarixiy g‘alaba bilan samimiy muborakbod etadi!